09:14 / 10.09.2016
7435

Rio-2016 Paralimpiada musobaqalarida yana bir o‘zbekistonlik sovrindor bo‘ldi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi 32 nafar nogiron sportchi 5ta sport turi bo‘yicha musobaqaning sovrinli o‘rinlari uchun kurash olib borayapti. 9 sentabr kungi bahslarda 4 nafar paralimpiyachilarimiz ishtirok etishdi. 

Ayollar o‘rtasida dzyudo bahslarining -63 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Tursunposhsha Nurmetova O‘zbekiston terma jamoasiga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi. U dastlab xitoylik Tong Jouga qarshi kurash olib borib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Ammo, final ostonasida ukrainalik Irina Xusiyevaga mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng, bronza medali uchun kechgan bahsda shvetsiyalik Nikolina Perxneimdan ustun keldi.

 

Top