01:41 / 10.07.2017
60815

11 yoshli Ubay matematikadan xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xo‘ja Alambardor masjidi imom-xatibi noibi  Husaynxon qori Yahyo Abdulmajidning o‘g‘li Ubay Yahyoyev Bolgariyaning Nesebr shahrida yaqinda bo‘lib o‘tgan «Chegarasiz matematika–2017» matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadaning final bosqichida qatnashgan.

Bu haqda «Qaqnus media» nashriyoti direktori Mubashshir Ahmad «Feysbuk»da ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

Ubay Husaynxon o‘g‘li 11 mamlakatdan kelgan 1200 nafar kuchli matematik orasida o‘z yosh bosqichi bo‘yicha oltin medaliga sazovor bo‘lgan. 

«Toshkentdagi «Erudit» xususiy maktabida tahsil olayotgan o‘n bir yoshli Ubay sakkiz yoshida Qur'oni karimni mukammal yodlagan hofizi Kalomulloh. Rus, ingliz va fransuz tillarini juda yaxshi biladi», — deb yozadi muallif.

«Olimpiadada g‘olib bo‘lganidan xabardor bo‘lgach, Husaynxonga buni e'lon qilish kerak, dedim. U kishi kamtarinlik qilib rozi bo‘lmadilar. Bu xabar qolganlarga o‘rnak, ilm toliblariga turtki, din va dunyoni ajratadiganlarga saboq va «chalamulla» deya kamsitayotganlarga javob bo‘lishini o‘ylab, otani ko‘ndirdim», — deb yozadi xabar muallifi.

 

Mavzuga oid
Top