Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Andijonga boradi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu haftada Andijon viloyatiga tashrif buyurib, hududda olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishishni rejalashtirgan.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda viloyatda prezident tashrifiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilishi davom etmoqda. Prezidentning vodiyga tashrifi 1-2 iyun kunlarida amalga oshirilishi mumkin.
Farg‘ona vodiysida prezidentning tashrifini ko‘p vaqtdan buyon kutishmoqda. Shavkat Mirziyoyev vodiyga prezidentlikka saylanganidan buyon hali bormagan.
Mamlakat rahbari tashrifi davomida viloyatdagi fermer xo‘jaliklar, yengil-sanoat korxonalarida bo‘lishi, Andijon shahridagi yirik gipermarket qurilish loyihasi, viloyat boks maktabi va qilichbozlik inshootlari rejasi tanishtirilishi kutilmoqda.
Ayrim manbalarning so‘zlariga ko‘ra, prezident Andijondan tashqari vodiyning boshqa viloyatlarida ham bo‘lishi mumkin. Vodiydagi viloyatlar 3 oydan buyon bu tashrifga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026