11:06 / 19.10.2016
7205

Nuri Shahin: «Mourino g‘alaba uchun murdalar ustidan yurishga tayyor»

Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Nuri Shahin o‘zi bilan birga ishlagan Joze Mourino, Yurgen Klopp hamda hozirgi murabbiyi Tomas Tuxel haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Joze Mourino haqida
«U qo‘lidan nima kelsa, barchasini qilishga tayyor. Mourino muvaffaqiyatlarga birovning g‘ami evaziga erishishni yoqtiradi. U g‘alaba tomon murdalar ustidan yurib boradi. U o‘yinlarni tanaffus vaqtida hal qiladi. Uning nutqi qoyilmaqom bo‘ladi! Men shu vaqtgacha uningdek notiqni ko‘rmaganman.

Albatta, har bir futbolchi g‘alabani istaydi, ammo Mourino barchadan ham ko‘proq».

Yurgen Klopp haqida
«Albatta, futbolda taktika muhim, albatta, mashg‘ulotlarsiz bo‘lmaydi, shu bilan birga futbolga xarizmatik insonlar ham kerak, shuning uchun men Mourino va Klopp kabi yigitlar bilan ishlashni yoqtiraman».

Tomas Tuxel haqida
«U menimcha men ko‘rgan eng zo‘r taktik».

Top