Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Stadionga tekin chipta bilan tushgan muxlislarga tekin to‘p ham kerak
Bugun «Bunyodkor» stadionida O‘zbekiston futboliga xos bo‘lmagan holat kuzatildi - stadionda tartibsizlik yuzaga keldi. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuv yakunlangach, tashkilotchilar tribunalardagi muxlislarga to‘p tarqatishni boshlashdi.
Bu safar tarqatiladigan to‘plar soni juda ko‘p bo‘lgani tufayli (tanaffus vaqtida muxlislarga o‘yin oxirida 3000ta to‘p tarqatilishi haqida e'lon qilingan va muxlislar o‘yin oxirigacha stadionni tark etishmagan), uni tarqatish boshlanganidan ko‘p o‘tmasdan, tribunalardagi muxlislarning «sabri chidamadi» va o‘zlari kelib maydonda tayyorlab qo‘yilgan to‘plarga ega chiqishga harakat boshlashdi. Shu tariqa, to‘rt tomondan muxlislar maydon o‘rtasiga yopirilib tusha boshlashdi.
Voqea joyida bo‘lgan «KUN.UZ» muxbirlarining ma'lum qilishicha, maydonga tushib kelganlar boshqalarning qo‘lidagi koptoklarni tortib olishga uringani ham kuzatilgan. Ularning harakatlari taqdirlash marosimi boshlanishiga to‘siq bo‘lgan.
Foto. Muxlislar maydonga chiqib ketishdi, militsiya tartib o‘rnatdi
Lekin tez orada voqea joyiga tartibni saqlash xodimlari guruhi yetib kelgan va tartibbuzarlar maydondan olib chiqilgan hamda taqdirlash marosimi boshlangan.
Qayd etish kerakki, ushbu o‘yinga kirish bepul qilib qo‘yilgan, 30 ming nafardan ortiq muxlis tekin chiptalar orqali stadionga kirgandi.
Quyidagi videoda ushbu hodisa vaqtida stadionda qanday holat yuzaga kelganini kuzatish mumkin.
Mavzuga oid
16:40 / 16.10.2025
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024