07:46 / 09.11.2016
5353

Tramp Janubiy Karolina va G‘arbiy Virjiniyada g‘alaba qozonmoqda

Foto: RIA

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar nomzodi Donald Tramp Janubiy Karolina va G‘arbiy Virjiniya shtatlaridagi saylovlarda g‘alaba qozonmoqda. 

Mazkur ma'lumotlarni e'lon qilgan NBC News telekanalining xabar qilishicha, respublikachi nomzod mazkur ikki shtatda ham g‘alaba qozongan, deb e'tirof etilgan. 

Ovozlarning atigi ikki foizi sanalganidan so‘ng, Tramp 53 foiz, uning demokrat raqibi Hillari Klinton 44 foiz ovoz to‘plagani ma'lum bo‘lgan.

2012 yilgi saylovlarda respublikachi Mitt Romni Barak Obamani 10 foizlik farq bilan ortda qoldirgan edi. 

Ta'kidlanishicha, Tramp G‘arbiy Virjiniyada raqibi Klintonni katta ustunlik bilan ortda qoldirgan. Milliarder bu shtatdagi 7 foiz ovozlar sanalganidan so‘ng, 60 foiz saylovchining ishonchiga sazovor bo‘lmoqda, Klinton xonim hisobida 35 foiz ovoz bor. 

To‘rt yil avvalgi saylovda ham deyarli shunday natija qayd etilgan edi — 62 foizga 35 foiz. 
 

Top