Jizzax va Namanganda yer maydoni olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi
Jizzax va Namangan viloyatida o‘zgalarning ishonchiga kirib, tanishlari orqali yer maydoni olib berish evaziga noqonuniy boylik orttirmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.D. o‘zgalar ishonchiga kirib, noqonuniy boylik orttirish maqsadida, fuqaro N.ga mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi qurish uchun Oqdaryo tumani hududidan 3 gektar yer maydonini tanishlari ko‘magida auksion savdosi orqali olib berish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Q. fuqaro Q.ga 1 gektar yer maydonini 18 000 AQSh dollariga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 5 000 AQSh dollari va 43 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda tadbirkorga tegishli yerni sotayotgan ish boshqaruvchi va Namanganda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
11:09 / 08.11.2024