Tojikiston joriy yilning boşidan buyon taşqi savdo aylanmasini oşirdi, va eng yuqori ösiş Özbekiston hamda Qozoğiston bilan ikki tomonlama savdoda qayd etildi.

Statistik ma'lumotlariga köra, joriy yilning ön bir oyi mobaynida Tojikiston taşqi savdo aylanmasi qariyb 3,6 mlrd dollarni taşkil etdi.

Manba ma'lumotlariga köra, bu raqam ötgan yilning şu davriga nisbatan 20 mln dollarga köp. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida tovarlar eksportining uluşi 1 mlrd 96 mln dollarga teng böldi, bu 2016 yilning yanvar-noyabr oylaridagi körsatkiçdan 35,4 foizga yoki 286.6 million dollarga köproq.

Mahsulotlar importi taxminan 2,5 mlrd dollarni taşkil etdi, bu ötgan yilgi hajmdan 9,7 foizga yoki 267 mln dollarga kamroq.

Rossiya va Qozoğiston Tojikistonning asosiy savdo şerigi bölib qolmoqda. Tojikiston-Rossiya aylanmasi hajmi 843 mln dollarni, Tojikiston-Qozoğiston aylanmasi esa 754 million dollarni taşkil qildi. Rossiya bilan savdo hajmi 11 foizga kamaydi, Qozoğiston bilan esa aksinça – qariyb 30 foizga oşdi. 

Tojikiston ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga köra, eng yuqori ösiş Özbekiston bilan ikki tomonlama savdoda qayd etildi – 85 foiz, bu 110 million dollardan ortiqdir.