Özbekiston Respublikasi delegatsiyasining Germaniyaga taşrifi va Özbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida “Özavtosanoat” AJ va Germaniyaning MAN Truck & Bus AG kompaniyasi örtasida MAN CLA yuk maşinalarini işlab çiqarişni taşkillaştiriş böyiça kelişuv imzolandi.
Bu kelişuvga köra JV MAN Auto-Uzbekistan’ning Samarqanddagi mavjud işlab çiqariş maydonlarida suyultirilgan tabiiy gazda işlovçi dvigatelli MAN CLA yuk maşinalari va dvigateli kuçi 440 ot kuçini taşkil qiluvçi, umumiy oğirligi 50 tonnalik MAN CLA samosvallari işlab çiqariladi.
Loyihani 2019-2020 yillarda amalga oşiriş közda tutilgan.
Şuningdek, taşrif doirasida Volkswagen Amarok pikaplari va MAN Lion’s Coach avtobuslarini işlab çiqariş böyiça kelişuvlarga erişilgan.








