17:00 / 18.01.2018
22949

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga hamdardlik bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari vafot etgani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Qozog‘iston Respublikasi hududida ro‘y bergan fojiali hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan Qirg‘iziston Respublikasi xalqi va o‘z nomimdan chuqur hamdardlik bildiraman. Halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini, shuningdek, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketish tilagini yetkazishni so‘rayman. O‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan qayg‘uga sherikmiz», – deyilgan telegrammada.

18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida, «Samara—Chimkent» yo‘lining 1068-kilometrida «Ikarus» rusumli yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu vaqtda avtobus salonida 55 yo‘lovchi va ikki haydovchi bo‘lgan. Fojiadan faqat 5 kishi omon qolgan. Mahalliy nashrlarda halok bo‘lganlarning barchasi o‘zbekistonliklar ekani aytilgan. Hozircha marhumlarning shaxsi aniqlanmadi.

Mavzu
Aqto‘beda fojia

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi

Barchasi
Top