Kun.uz tahririyatiga Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida röy bergan hodisa videosi yuborildi.
Bu videoda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudoviç Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini yiğib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangan.
Tuman hokimining sözlaridan anglaş mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga öqituvçilarni olib kelmagani uçun jazolanişgan.
«Beçora rayono mudirini itdek qilaman, aslida sen ham aybdor. Nega rayoningni hurmat qilmaysan?», deya baqiradi hokim.
U direktorlardan birining yuziga uriş barobarida «Vatan mustaqilligi sening mustaqilliging emasmi? Bayrammasmi?» deya söroqqa tutib, haqoratlaşni davom ettiradi.
Kun.uz manbasining ma'lumotiga köra, tumanda Mustaqillik bayrami avvaliga 25 avgust kuniga belgilangandi, keyin bayram kuni 27 avgustga qoldirilgan. Maktab direktorlarining ayrimlari bayram uçun yiqqan odamlarini 27 avgust kuni ham takroran bayram hududiga olib kela olişmagan, ayrimlari bayram qaysi kunga qoldirilganidan bexabar ham bölişgan. Natijada 27 avgust kuni bayramda tomoşabin kam bölgan. Viloyat hokimi esa bayram yuqori saviyada taşkillaştirilmagan, deb Nosirjon Egamberdiyevga xayfsan bergan. Şundan söng, tuman hokimi maktab direktorlaridan «alamini olgan».
Eslatib ötamiz, Nosirjon Egamberdiyev Sayxunobod tumaniga 2016 yilning oktabrida hokim etib tayinlangandi. U bungaça Sirdaryo viloyati örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği bölib işlagan.
Kun.uz tahririyati tegişli davlat idoralari, xususan, Özbekiston respublikasi boş prokuraturasi va Xalq ta'limi vazirligi bu holatga e'tibor qaratib, fuqarolarning poymol etilgan huquqlari tiklanişi uçun iş olib borişini söraydi.
















