Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridadagi maktabda sodir etilgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Foto: ABC News
14 fevral kunduzi Florida shtatidagi Parklend shahrida (Mayamidan 60 km uzoqlikda) joylashgan Marjory Stoneman Douglas High School maktabida otishma sodir etildi. Otishma oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jarohat olgan.
Ta'kidlanishicha, maktabda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 3 mingga yaqin bola o‘qiydi.
Politsiyaning ma'lum qilishicha, otishmani sodir etishda avval shu maktabda o‘qigan, 1999 yilda tug‘ilgan 19 yoshli Nikolas Kruz ismli kimsa gumon qilinmoqda. U qo‘lga olingan. Maktab o‘qituvchilaridan birining aytishicha, u o‘tgan yil sinfdoshlariga tahdid qilgan. Shundan keyin unga maktab hududi bo‘ylab ryukzak bilan yurish taqiqlangan va oxir-oqibat u maktabdan chetlatilgan.
Guvohlarning aytishicha, gumonlanuvchi otishmani sodir etishdan avval yong‘in signalizatsiyasini ishga tushirib, so‘ngra sarosima boshlanganda, odamlarni o‘qqa tuta boshlagan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi AR-15 yarimavtomatik miltig‘iga o‘xshash quroldan foydalangan.
Maktabni hafta oxirigicha yopishga qaror qilingan.
AQSh prezidenti Donald Tramp bo‘lib o‘tgan hodisani Florida gubernatori Rik Skott bilan muhokama qilgan hamda o‘z yordamini taklif qilgan. Tramp, shuningdek, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Ma'lum qilinishicha, Parklend aholisi 31 ming kishidan iborat bo‘lib, 2016 yilda Floridadagi eng xavfsiz shahar deb topilgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 22.12.2025
Qo‘lbola bombalar va o‘q otish maydonidagi mashg‘ulotlar. Politsiya Bondi-Bichdagi hujum tafsilotlarini ochiqladi
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
08:50 / 15.12.2025
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
09:44 / 03.12.2025