Bugun, 7 iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi anjumani bölib ötdi. Anjuman Özbekiston oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va 2017-2018 öquv yiliga abituriyentlar qabuli mavzulariga bağişlandi.

Tadbirda Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri birinçi örinbosari, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Majidov, Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi direktori, texnika fanlari doktori, professor Majit Karimov, Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Avazjon Marahimov, Islom Karimov nomidagi Toşkent Davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Sadriddin Turobjonov, Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz Tuyçiyev, Toşkent Davlat yuridik universiteti öquv işlari böyiça prorektori, yuridik fanlar nomzodi Mansurxon Kamalov iştirok etişdi va OAV xodimlari, ekspertlar tomonidan yöllangan savollarga batafsil javob berişdi. 

Ta'kidlaş joizki, bugungi press-klubda barça köplab savollarga oydinlik kiritildi, spikerlar har bir savolga atrofliça, töliq javob berişga harakat qilişdi va bu esa anjumanning qizğin hamda qiziqarli ötişiga yordam berdi. 

Anjuman davomida jurnalistlar tomonidan «Joriy yil davlat imtihonlari vaqtida bunker, X-variant degan gaplar böladimi?» deb yöllangan savolga Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri birinçi örinbosari, texnika fanlari doktori, professor Inomjon Madjidov quyidagiça javob berdi: 

«Oliy ta'lim muassasalarida bunday işlar bölmaydi. Lekin taşqarida nima bölişini heç kim bilmaydi. Bugungi kunda oliy öquv yurtlari bu holatlarni kamaytirişdan manfaatdor».

Şu örinda Xalqaro press-klub rahbari Şerzod Qudratxöjayev ham bu haqida öz mulohazalarini bildirib ötdi: 

«Biz bugungi kundagi islohotlar davrida OTMga har tomonlama aqlli, bilimli talabalar öqişga kirişidan manfaatdormiz. Har bir domla darsga kirganida aqlli, idrokli, zakovatli yoşlar bilan işlagisi keladi. Heç nimani tuşunmaydigan, bunker yoxud turli yöllar orqali öqişga kirgan talabalar aslida, bu oliy öquv yurtlari uçun jazodir» . 

Şuningdek, anjuman spikerlari ota-onalar köçada öqişga olib kirişni va'da beruvçi firibgarlarga işonmay, farzandlarini bilim olişga, izlanişga yönaltirişlarini, bu esa albatta, öz natijasini berişini alohida ta'kidlab ötişdi.