O‘zbekiston prezidentining o‘z belgisi va shtandarti joriy qilinadi
Bugun, 18 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisda “O‘zbekiston prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, qonun loyihasi bo‘yicha adliya vaziri Ruslanbek Davletov o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ta'kidlanishicha, qonun loyihasi bilan O‘zbekiston prezidentining farqlovchi belgilari, ya'ni o‘z belgisi va shtandarti (bayrog‘i) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.
Xorijiy davlatlarda davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandarti yangi saylangan prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin topshirilishi belgilangan. O‘zbekiston qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Ushbu tartib lavozimga saylangan shaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oshirishiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qilishi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi
18:25 / 02.07.2024
“Eron prezidentligiga nomzodlarga aholi ishonchiga kirish uchun vaqt kamlik qildi” - Azim Umidiy
09:37 / 11.10.2023
Saylov kodeksi va 7 ta qonunga o‘zgartirish kiritiladi
19:55 / 25.09.2023