Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu boshlang‘ich narxi 550 ming dollar bo‘lgan Ferrari sotib oldi
Madridning «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ferrari F12 TDF egasiga aylandi. Futbolchi shaxsiy garaji yana bir mashinaga ko‘paygani haqida o‘z «instagramida» ma'lum qilib, avtomobil fonida tushgan fotosuratini e'lon qildi hamda «Yetib keldi!» deya yozdi.
Ferrari F12 TDF’ning texnik jihatlariga keladigan bo‘lsak, dvigatel quvvati 780 ot kuchiga teng. Maksimal tezlik – soatiga 340 kilometr. Sportkar 2,9 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka chiqadi. Bu model sanoqli miqdorda chiqarilgan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi – taxminan 550 ming dollar.

Mavzuga oid
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026