10:42 / 04.11.2016
4033

Chicago Cubs'ning 108 yildagi ilk g‘alabasi Amerikada qanday bayram qilinmoqda?

Suratlar manbasi: nbcnews

2 noyabrda Chicago Cubs beysbol jamoasi 108 yilda birinchi marta Jahon seriyasida g‘alaba qozondi. Amerikaliklarning ko‘pchiligi uchun bu voqea tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi: ular buni uzoq kutishgandi. TJ nashri g‘alaba borasidagi qiziqarli ma'lumotlarni to‘plab, taqdim etdi. 

Cubs'ning g‘alabasi Chikago aholisi uchun haqiqiy bayramga aylandi, bu yerda odamlar xursandchilikdan qichqirib, avtomobillarida signal chalishdi hamda mushaklar otishdi.

Yana bir 360 darajali videoda g‘alabaga erishilgan paytda stadion yonida nimalar bo‘lganini ko‘rish mumkin. 

Cubs jamoasi 108 yildan beri biror marta g‘olib bo‘lmagan, bu film va seriallarda ko‘p marta hazil mavzusiga aylangan. Masalan, "Kelajakka qaytish 2" filmida Marti Makflayning qahramoni 2015 yilga tushib qoladi va jamoasi Jahon miqyosidagi o‘yinda g‘olib bo‘lganidan hayratlanadi. Film mualliflari prognozda atigi bir yilga adashishdi.  

2012 yilda MLB 12 kompyuter o‘yini mualliflari ham o‘zlarining reklama roliklarida Cubs'ning g‘alabasini bashorat qilishgan. Shunda ham ular bunday g‘alabaga faqat videoo‘yinlarda erishish mumkinligiga ishora qilishgan. 

Cubs'ning g‘alabasi haqida turli taniqli shaxslar ham gapirishgan. Masalan, aktyor Bill Myurrey 21 oktabrda Oq uydagi brifingda jamoa g‘alabasini bashorat qilgandi.

Aktyor Cubs'ning ko‘p yillik ashaddiy ishqibozi, bashorati o‘ngidan kelgan vaqtda u maydonda bo‘lgan va barcha OAVni aylanib chiqqan tarixiy kadrda muhrlanib qolgan.

Reddit foydalanuvchisi tomonidan topilgan bitiruv albomidagi surat ham keng tarqaldi. Unda qandaydir Maykl Li 1993 yilda Chicago Cubs'ning 2016 yilda g‘alaba qozonishini bashorat qilgan. 

WGN telekanali Lining kursdoshi bilan bog‘landi va bu suratning videotasdig‘ini oldi, ya'ni ushba bitiruv albomida haqiqatdan ham ana shunday yozuv bo‘lgan.

Oktyabrning oxirida jamoaning 82 yoshli muxlisasi Cubs logotipi tushirilgan tatuirovkasi bilan yangiliklar dasturidan o‘rin olgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u 10 yoshidan beri bu jamoaga muxlislik qilib keladi.

 

Top