16:36 / 14.11.2016
12036

Video: Yangi Zelandiyadagi zilzila sabab 3 sigir “orolcha”da qolib ketdi

Yangi Zelandiyada zilzila sodir bo‘lgach, 2 sigir va 1 buzoqcha ular atrofidagi yer cho‘kishi natijasida “orolcha”ga tushib qolishdi. Bu haqda Newshub xabar bermoqda.

Jonivorlar Kaikoura shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda zilzila epimarkazi yaqinda bo‘lishgan. Ularning keyingi taqdiri nima kechgani noma'lum.

Eslatib o‘tamiz:, 13 noyabr kuni mamlakatning janubiy orolida joylashgan Kraystcherch shahridan 95 km uzoqlikda magnitudasi 7,8 ball bo‘lgan zilzila qayd etildi. Zilzila epimarkazi 10 kilometr yer chuqurlikda joylashgani qayd etildi.

Top