Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minnesotalik musulmonlar islom markazidagi portlashga aloqadorlarni tutishga mukofot puli e'lon qilishdi
Foto: Facebook/@MASMINNESOTA
AQShning Minnesota shtati Musulmon-Amerika jamiyati 5 avgustda Blumington shahridagi islom markazida portlash va yong‘in uyushtirganlarni tutishda ko‘mak berganlik uchun 10 ming dollarlik mukofot puli e'lon qildi. Jamiyatda ta'kidlanishicha, markazda yong‘in chiqishiga imomning ishchi xonasiga tashlangan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan.
"Musulmon-Amerika jamiyati Dorul Faruk nomidagi markazga qilingan hujumni qoralaydi. Biz musulmonlarni tinchlik saqlashga va o‘z xavfsizliklari haqida qayg‘urishga chaqiramiz", deb ta'kidlab o‘tgan jamiyat tvitterda.
"Biz hujum qilganlarni hibsga olishga va jazolashga olib keladigan ma'lumot uchun 10 ming dollar taklif qilamiz", deb aytilgan jamiyatda.
Jamiyat direktori Asad Zamanning mahalliy WCCO-TV telekanaliga markazga ibodat qilgani kelganlar portlash oldidan imom xonasi oldida notanish kimsani ko‘rishganini ma'lum qilgan. Bu kimsa imom xonasi oynasini sindirib, ichkariga qo‘lbola portlovchi qurilmaga o‘xshash kichik buyumni uloqtirib, voqea joyidan yashiringan. Guvohlar gumonlanuvchi qochib ketgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan avtomobil motori shovqinini eshitishgan.
Voqea tonggi soat 5 da yuz bergan. Markaz hududidagi masjidda 20 ga yaqin odam bo‘lgan, ulardan hech kim jabrlanmagan. Yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
14:25 / 24.12.2025
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
15:30 / 06.12.2025
Kogonda sexda chaqnash ro‘y berdi, 4 kishi halok bo‘ldi
09:50 / 05.12.2025
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025