Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi

Foto: UzA
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentabrda maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta'lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
Farmonda aytilishicha, oxirgi 20 yil ichida maktabgacha ta'lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan ko‘proqqa qisqarib ketgan, bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalari tomondan qamrab olinishi 30 foizga yaqinni tashkil etadi.
Yangi vazirlikning asosiy vazifalari ichida O‘zbekistonda o‘zaro raqobatlashuvchi davlat va nodavlat MOMlari tarmog‘ini yaratish hisobiga bolalarning maktabgacha ta'lim bilan to‘liq qamrab olinishini bosqichma-bosqich ta'minlash hamda maktabgacha ta'lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq qilish hisoblanadi.
Shu munosabat bilan maktabgacha ta'lim rahbarlari va pedagogik xodimlarini zamonaviy texnologiyalar va metodlar negizida qayta tayyorlash va "bolalarni tarbiyalash bo‘yicha munosib sharoitlar"ni yaratish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikada yakkahukmronlik: demokratlar shunchalik zaifmi?
Jahon | 17:24
-
Tramp yil davomida 1 mln migrantni AQShdan deporatatsiya qilishni rejalashtirmoqda - WP
Jahon | 17:17
-
Ijobiy va konstruktiv: Eron va AQShning Tramp davridagi ilk muzokaralari qanday o‘tdi?
Jahon | 16:43
-
Tojikistonda yuz bergan zilzila oqibatida 17 ta uy va bitta maktab qisman vayron bo‘ldi
Jahon | 15:43
Mavzuga oid

21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat

18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi

14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi

08:00 / 30.10.2024