O‘zbekiston | 15:46 / 27.05.2017
34279
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti nomi o‘zgardi

O‘zbekiston Prezidentining 3003-sonli qaroriga muvofiq, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Mazkur qarorda ko‘plab tegishli chora-tadbirlar, tashkiliy ishlar belgilab qo‘yilgan. Yangi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti respublika bo‘ylab ushbu yo‘nalishda kadrlarni tayyorlash bo‘yicha asosiy o‘quv yurti bo‘ladi. 

Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus jamg‘arma tashkil etildi. 

Shuningdek, qarorda mazkur sohaga yo‘naltirilgan 132ta kollej ro‘yxati tuzilib, yangi ochiladigan institut bilan yaqindan ish olib borishi belgilangan.

Mavzuga oid