O‘zbekiston | 18:00 / 20.06.2017
55057
1 daqiqa o‘qiladi

Ramazon Hayiti 26 iyun kuni nishonlanadi

20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26 iyun, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e'tiborga olib, 2017 yil 26 iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin», — deyilgan hujjatda.

Shu tariqa, o‘zbekistonliklar qatorasiga 3 kun dam olishi mumkin bo‘ladi (24-25-26 iyun).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid