2018 yildan boshlab kimlar xorijiy til test sinovidan ozod etiladi?

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 610-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha amalda bo‘ladigan imtiyozlarni berish tartibi joriy etiladi. Bu haqda DTM Chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, uch yilgacha amalda bo‘ladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat:
- chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari bitiruvchilari o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘qishga kirishda saralash test sinovlari ro‘yxatiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;
- chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta'lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;
- chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kirishda test sinovlari majmuasiga kiritilgan chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani bo‘yicha test sinovidan ozod etiladi va ularga chet tili fanidan maksimal ball beriladi;
- chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagoglari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholanadi va test sinovidan ozod etiladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda chet tilini egallash va bilish darajasini baholash uchun joylarda talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda guruhlarni tashkillashtirish, viloyatlarda test sinovlarini tashkil qilish, topshiriq shakllari va test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalarga doir muhokama jarayoni ketmoqda.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

16:16 / 13.03.2025
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi

20:42 / 30.01.2024
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezonlari o‘zgarmadi

20:53 / 07.09.2023
O‘zbekistonda eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar ma’lum bo‘ldi

18:48 / 16.08.2023