16:12 / 16.01.2018
27779

Olmazor tumanida g‘azabdan o‘zini yo‘qotgan er xotinini bo‘g‘izladi

2018 yilning 7 yanvar tungi soat 2:00 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani Nozimaxonim 6-tor ko‘chasida dahshatli qotillik sodir etildi. Oilaviy nizo oqibatida kelib chiqqan janjal sababli jahl va g‘azab o‘tiga mingan Yu.B. rafiqasi Yu.G.ning bir necha joyiga pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazib, farzandlari ko‘zi o‘ngida uni o‘ldirgan.

Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonovning KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, shu kuni Olmazor tumani prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j”bandi bilan jinoiy ish ochgan.

Qotillikda gumon qilingan Yu.B. ushlangan va 8 yanvarda unga nisbatan 97-moddasi 2-qismi “j”bandi bilan ayb e'lon qilingan. Ayni vaqtda gumondor ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanmoqda. 

Mazkur qotillik bo‘yicha tergov ishlarini Toshkent shahar prokuraturasi olib bormoqda. Hozirda maxsus ekspertiza tayinlangan. Dastlabki tergov ishlari davom etyapti.

Mavzuga oid
Top