Dekabr oyi magnit böronlariga boy böladi. Ularning dastlabkisi dekabrning 4–7-sanalarida bölib ötadi, deb xabar beradi 1+1 kanali.

Keyingi böronlar 11 dan 13 dekabrgaça bölişi kutilmoqda. Uzoq davom etuvçi quyoş şamollari insonlar salomatligi va özini his qilişiga salbiy ta'sir ötkazmasdan qolmaydi.

Eng kuçli magnit böroni Yerga 18 dekabr kuni yopiriladi. U bor-yöği bir kun davom etsa-da, öta kuçli böladi. Şu sababli magnit böroniga sezuvçan kişilar hol-ahvoli yomonlaşişiga tayyor turişlari kerak.

Şifokorlar magnit tebranişlari davrida jismoniy zöriqiş va stresslardan yiroq bölişni tavsiya etişadi. Mutaxassislar şuningdek, uşbu davrda alkogolli içimliklar içiş va tamaki çekişni bas qilib, oziqlaniş tizimini tartibga soliş, çunonçi, yoğli va hazmi oğir ovqatlardan tiyiliş, organizmda suvning turib qolişiga sabab böluvçi tuzlangan va dudlangan mahsulotlardan voz keçişni maslahat berişadi.