Prezident O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasini tasdiqladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanali «Axborot» ko‘rsatuvida xabar berildi.
Farmon loyihasi yanvar oyining ikkinchi yarmida normativ-huquqiy aktlar muhokamasi portaliga muhokama uchun joylashtirilgandi. Hujjat ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi.
Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan.
Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilindi.
Bugun imzolangan farmonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:
- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;
- Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
- Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
Jahon | 23:44 / 30.04.2025
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15 / 30.04.2025
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33 / 30.04.2025
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31 / 30.04.2025
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024