2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştirişning ustuvor yönalişlari» deb nomlangan. Uning Qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş va jadal rivojlantiriş bölimida amalga oşirilişi möljallanayotgan çora-tadbirlar belgilab olinmoqda.
Jumladan, paxta xom aşyosini yetiştiriş, sotiş va qayta işlaş tizimida bozor mexanizmlarini joriy etiş, bunda, avvalo, xom aşyo yetiştiruvçilarning moddiy manfaatdorligini oşirişni közda tutiş rejalaştirilmoqda.
2018 yil 10 aprelga qadar Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Boş prokuratura, Adliya vazirligi, «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi, «Özpaxtasanoat» AJ, Fermerlar kengaşi birgalikda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini işlab çiqişadi.
Loyihada:
- paxtaçilik-töqimaçilik klasterlari taşkil etiladigan tumanlar, ularni taşkil etuvçilar, klasterlar uçun ajratiladigan maydonlar, klasterlar uçun imtiyoz va preferensiyalar;
- fermerlar şirkat xöjaliklarini taşkil etişning institutsional va huquqiy asoslari, ular tomonidan qişloq xöjalik mahsulotlarini işlab çiqariş va sotişda hamkorlik mexanizmlari;
- fermerlar tomonidan paxta xom aşyosini qayta işlovçi va töqimaçilik korxonalariga öz ixtiyoriga köra töğridan-töğri sotiş imkoniyati nazarda tutiladi.








