Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili puldan qiynalayotganini aytdi
Foto: AP
Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, o‘z tarafdorlari tomonidan moliyaviy yordam taqdim etilishiga ehtiyoji bor. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozdi.
«Bizga haqiqatdan ham pullar kerak, biroq oligarxlardan emas, balki oddiy tarafdorlarimizdan, aynan ular mamlakatdagi vaziyatni ichkaridan o‘zgartirishni xohlamoqda», - deya ma'lum qildi Saakashvili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni dushmanlarga sheriklik qilganlikda ayblamayotganini ma'lum qilgandi. «Bu noto‘g‘ri bo‘lgandi... Bizning barchamiz bir tomonda turishimiz hamda bu haqda gapirishimiz lozim, jumladan, u bilan ham. Biroq shu bilan birga, biz mamlakatni parchalab tashlashga urinmaslik bo‘yicha kelishib olishimiz lozim», - deya aniqlik kiritdi Saakashvili.
Mavzuga oid
11:15
Vengriya va Slovakiya Xorvatiyadan Rossiya neftini yetkazib berishni so‘ramoqda
09:33
Zelenskiy UXXda “tozalash” ishlarini o‘tkazishni topshirdi
09:25
Ukraina harbiylari bundesver askarlarini drondan foydalanishga o‘qitadi
08:30