Jamiyat | 11:43 / 18.08.2016
12871
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar ijtimoiy tarmoqlarning xavfini aniqlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalariga ega bo‘lgan va o‘ziga xos bo‘lmagan jihatlarini namoyish qilishga urinuvchi kishilar, hayotda asabiylikka va yolg‘iz turmush kechirishga moyil insonlardir. Tasmaniya Universiteti Facebook ijtimoiy tarmog‘ida olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, shunday xulosaga kelishgan. Ularning mehnati Cyberpsychology, Behavior, and Social Networking jurnalida chop etilgan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning maqsadi ijtimoiy tarmoqda kishi o‘zining aksini namoyish etishining oqibatini baholashdan iborat bo‘lgan. Mualliflar foydalanuvchilarning haqiqiy va virtual shaxsiyatlarini, ularning jamoatchilik bilan birga hayot kechirish va ruhiyatini qiyoslashgan, shu bilan birga, asabiylik, tushkunlik va vahimaga tushish darajalari o‘rganilgan. Tadqiqotlarda 164 kishi qatnashgan. 

Bugungi kunda Yer yuzida 7,4 mlrd inson yashayotgan bo‘lsa, shundan 1,7 mlrdi  Facebook tarmog‘ining faol foydalanuvchisi hisoblanadi. Olimlarning aytishlaricha, agar ijtimoiy-ruhiy muammolarga ega bo‘lgan kishilarga hayotda va Facebook sahifasida ham birdek yashash imkonini beruvchi usul ishlab chiqilsa, bu asabiylik darajasini pasaytirishga imkon bergan bo‘lar edi. 

Mavzuga oid