Turkiyaning Bodrum shahri qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, yer silkinishi markazi Turkiya janubi-g‘arbidagi Bodrumdan 10 kilometr masofada joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometrlik yer tubida ekani aytilmoqda.

RIA «Novosti»ning mahalliy hukumatga asosan xabar berishicha, hodisa jiddiy vayronagarchiliklarga olib kelmagan.

Turkiya Bodrum. Foto: AP

Turkiya Bodrum. Foto: AP