Samarqand va Farg‘onada mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish bilan shug‘ullanuvchi Markaz ish boshlaydi
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan Sankt-Peterburg “Mehnat resurslari markazi” davlat avtonom muassasasi bilan hamkorlikda Samarqandda mehnat migrantlarini Rossiya Federatsiyasiga yuborish bo‘yicha Markaz tashkil qilindi. Yaqin davr ichida Farg‘onada ham ana shunday Markaz tashkil etiladi. KUN.UZ muxbiri 13 dekabr kuni Agentlik tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida ma'lum qilmoqda.
O‘zbekiston yangi sharoitlarda mehnat migrantlari muammolariga nisbatan o‘z munosabatini tubdan o‘zgartirdi hamda ularning O‘zbekiston iqtisodiyoti va ular faoliyat yuritayotgan mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulushini e'tirof etmoqda. O‘z navbatida, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan tashqi mehnat migratsiyasi borasida xalqaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, Agentlik tomonidan bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlari bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Qozog‘iston, Turkiya, Ummon Sultonligi, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganilmoqda. Qolaversa, xorijda ishlash niyatini bildirayotgan fuqarolar uchun yurtimizda zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
2003 yilda viloyatlarda dastlab Agentlikning to‘rtta mintaqaviy byurosi faoliyat yuritgan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida barcha viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining filiallari ochildi. Yaponiyaga ketuvchi fuqarolarni ketish oldidan o‘qitish va ko‘niktirish markazi faoliyat boshladi. Yaponiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ketadigan fuqarolar endilikda ushbu maskanda tayyorlanib, til o‘rganishadi. Markaz fuqarolarga boshlang‘ich ta'lim berish va yapon tili, madaniyati, qonunlarini o‘rganishda yaqindan yordam beradi.
Shu bilan birga, Agentlik tomonidan Sankt-Peterburg “Mehnat resurslari markazi” davlat avtonom muassasasi bilan hamkorlikda mehnat migrantlarini Rossiya Federatsiyasiga yuborish bo‘yicha Samarqandda Markaz tashkil qilindi. Yaqin davr ichida ana shunday Markaz Farg‘onada ham tashkil etiladi.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
15:04 / 10.11.2024
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024