Joriy yilning 8 iyun kuni Toşkent şahrining Radisson Blu mehmonxonasida AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning «Qişloq xöjaligida qiymat zanjirini rivojlantiriş» (AVC) loyihasi Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda an'anaviy gilos körik-tanlovini taşkil etdi, deb ma'lum qilmoqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi.

USAIDning Özbekistondagi vakolatxonasi direktori Jon Riordan tadbirda iştirok etayotgan fermer xöjaliklari, agrobiznes korxonalari hamda davlat taşkilotlari vakillari, şuningdek qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yurituvçi mahalliy va xorijiy ekspertlarni qutlab, kiriş nutqini sözladi. 

Tanlovda Özbekistonning barça viloyatlaridan keltirilgan önlab gilos navlari bozorbopligi, yirikligi va sifati böyiça 3 xil yönalişda namoyiş etildi. 

Bundan taşqari, alohida sovrin “Eng zör gilos” nominatsiyasida taqdim etildi. 

Mazkur tadbir iştirokçilarga turli viloyatlardan kelgan kasbdoşlari bilan örtoqlaşiş hamda gilos yetiştiriş, qadoqlaş, saqlaş va transportda taşişning yangi usullari hakidagi seminar-treningda özaro fikr almaşiş imkoniyatini yaratib berdi. 

Bugungi kunda Özbekiston 100 000 tonna hajm bilan jahonda gilos yetiştiriş buyiça beşinçi örinni egallab turibdi.