Adliya vaziri yoshlar bilan uchrashdi
25 oktabr kuni Adliya vazirligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida huquqiy sohada tahsil oluvchi hamda adliya sohasiga qiziquvchi, shuningdek, huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo‘lgan yoshlarni jalb etgan holda Adliya vazirligida “Adliya vaziri va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Adliya vazirligiga ekskursiya tashkil etilib, unda sohaga qiziqqan yuzdan ortiq ilg‘or yoshlarga vazirlikning ichki tuzilmasi, boshqarmalar va bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyat yaratildi. Shuningdek, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalarning amalga oshirilishi jarayoniga guvoh bo‘ldilar.
Vazirlik tarixi, bugungi kundagi faoliyati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi taqdimot va Adliya organlari tarixi muzeyiga tashrif yoshlarga adliya organlari to‘g‘risida yanada aniq, mukammal tasavvurga ega bo‘lishlariga sabab bo‘ldi.
Tadbirning asosiy qismi yoshlarning adliya vaziri Ruslanbek Davletov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa'dullayev bilan uchrashuvi orqali davom ettirildi. Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatining ahamiyati, yoshlar uchun qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining qiziqishlarini inobatga olgan holda savol-javoblar, huquqiy viktorinalar ham o‘tkazildi. yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Faol ishtirokchilarga adliya vaziri hamda Yoshlar ittifoqi rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma'lumot uchun: bugungi kunda O‘zbekistonda 33 mln. 697 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib, ularning 18 mln. 119 mingdan ortig‘ini (53,7 foiz) yoshlar tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi
22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi
12:33 / 15.11.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
23:40 / 12.10.2022