«Grin kard» anketasini mustaqil va töğri töldiriş uçun töliq qöllanma
|18:20 / 11.10.2017289 35914 min
Har yili 3 oktabrdan boşlab navbatdagi Green Card uçun lotereyadan röyxatdan ötiş boşlanadi va bu joriy yilning 7 noyabrigaça davom etadi.
Röyxatdan ötiş faqatgina www.dvlottery.state.gov sayti orqali amalga oşiriladi. Röyxatdan ötiş mutlaqo bepul.
Aslida lotoreya uçun röyxatdan ötişda vositaçilar xizmatidan foydalanmaganingiz ma'qul. Birinçidan, orada turgan vositaçilar siz özingiz şundoq ham töldirişingiz mumkin bölgan, kişidan ingliz tilini eng oddiy darajada biliş talab etiladigan anketani 60-150 ming sömga töldirib berişadi. Ikkinçidan, orada turuvçi vositaçilar lotereyada yutiş uçun hyeç qanday rol öynamaydilar, buni kompyuterning özi bajaradi. Uçinçidan, keyinçalik vositaçi sizning nomingizdan keyingi yillarda ham anketani töldirişi va undan bexabar siz özingiz ham töldirganda ikkala arizani umumiy bazadan öçirib taşlanişiga sabab böladi. Törtinçidan, vositaçilar anketa töldirayotganda sizning poçtangizni emas, balki özi oçgan poçtani yozadi va odatda sizga natijani tekşiriş uçun beriladigan kodni berişmaydi, bu bilan ular sizga yutuq çiqqanda tasdiqlaş kodini taqdim etiş evaziga tölov olişdan umidvor bölişadi.
Biz sizga diversifikatsion lotereya (DV) da özingiz anketani töldiriş uçun töliq qöllanmani taklif etamiz.
Grinkardanketasi qanday töğri töldiriladi?
Sizga buning uçun 30 daqiqa vaqt beriladi. Uşbu vaqt içida, anketani töldirib bölganingizdan söng, sizga uni yana bir marotaba tekşirib oliş imkoni beriladi. Anketa faqat lotin alifbosidan foydalangan holda töldiriladi.
Anketa bir neça qismlardan taşkil topgan. Birinçi qismi anketa töldiruvçining şaxsiy ma'lumotlari uçun möljallangan bölib, 14ta banddan iborat. Agar siz turmuş örtoğingiz yoki farzandlaringizni körsatgan bölsangiz, u holda ularning ma'lumotlarini kiritiş uçun ikkinçi qism oçiladi.
Mavzuga oid
1. Ism
Last/Family Name – familiya, First Name – ism, Middle Name – pastga qarang.
Ism va familiya degan joyiga amaldagi pasportingizning ingliz tilida yozilgan sahifasidagi ism-şarifingizni yozasiz.
Middle Name qismiganimayozişkerak – köpçilik bu yerga otasining ismini yoziş kerak deb xato öylaydi. Vaholanki, Middle Name va otasining ismi bu ikki turli tuşunçalar hisoblanadi. Ğarbda köpçilikda ikkinçi (örta) ism mavjud, bu esa bizda deyarli uçramaydi. Lekin hozirda anketa yoziş qoidalari biroz özgargan va uşbu joyda otasining ismini yozsa böladi, qaçonki u pasportning inglizça qismida mavjud bölsa. Lekin, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportida bunday joy mavjud emas. Demak, uşbu joyning tanidagi No middle name degan katakçani belgilab qöyamiz, xolos.
2. Jinsi
Male – erkak, Female – ayol.
3. Tuğilganvaqti
Month – oy, Day – kun, Year – yil. Bularning barçasi raqamlar bilan körsatiladi.
4. Siz tuğilgan şahar
Tuğilgan joyingizning hozirgi nomini yozing. Odatda pasportingizda bu joy körsatilgan böladi. Lekin şunisiga e'tibor beriş lozimki, odatda pasportning özbekça sahifasida siz tuğilgan tuman, inglizça sahifasida esa siz tuğilgan viloyat nomi yozilgan böladi. Şu bois inglizça sahifada yozilgan joy jomini körsatgan ma'qul. Joy nomini körsatişda bitta şahar nomini körsatiş kifoya, tuman, şahar, viloyat tarzida körsatiş şart EMAS. Yaşaş joyingiz zamonaviy nomining rasmiy manbasidan izlab köring. Joy nomi lotin harflari bilan yozilişi kerak.
Joy nomlari zamonaviy nomlarining manbasi sifatida uşbu lotereyani ötkazadigan AQŞ davlat departamenti saytining kalit sözlaridan foydalangan holda Google dan izlab körsangiz böladi. Buning uçun izlayotgan joy nomiga site:state.gov sözlari qöşib izlanadi. Bunday qidiruv ikki xil nomlanişga ega joy nomlarini aniqlaştiriş uçun qulay hisoblanadi. Farğona şahrining nomlanişini xuddi mana şunday qilib qidirib köramiz. Ferghana yoki Fergana? Qidiruvimiz quyidagi natijani berdi:
Ferghana sözi state.gov domenida 287 marta, Fergana sözi esa 212 marta uçramoqda. Aslidaularningikkisi hamtöğri, lekinFerghana söziköproqtuşmoqda.
Agar siz qidirayotgan şahar nomi state.gov domenidan çiqmasa, u holda AQŞning boşqa davlat saytlaridan site:gov kalit sözlari yordamida qidirib körişingiz mumkin. Agar bunda ham natija çiqmasa Wikipedia.org va maps.google.com dan foydalaniş mumkin, töğri, ular rasmiy saytlar emas, lekin juda köpçilik foydalanadigan manba hisoblanadi.
Agar tuğilgan şahringiz noma'lum bölsa, uşbu joy ostidagi Birth City Unknown (tuğilgan şahri ma'lum emas) katakçasini belgilab qöyasiz.
5. Siz tuğilgan davlat
Uşbu yerdagi röyxatdan özingiz tuğilgan davlatni belgilaysiz. Masalan, Uzbekistan, Kyrgyzstan, Tajikistan va hokazo.
6. DVdasturidaqatnaşişhuquqigaegabölgandavlat
Agar siz lotoreyada qatnaşadigan davlatlarning birortasida tuğilgan bölsangiz, uşbu banddagi maydonlarga tegmasdan keyingi bandga ötib ketaverasiz. Qaysi davlatlarning uşbu röyxatga kirişini uşbu manzildan aniqlasa böladi.
7. Qatnaşuvçining surati
“Choose New Photo” tugmasini bosing va kompyuteringizdagi rasmni belgilang. DV viza lotoreyasida qatnaşuvçi iştirokçilarning rasmlari quyidagi oddiyvaqat'iyqoidalarböyiçatayyorlanganbölişikerak:
Rasmga tuşuvçi odam kameraga töğri qarab turgan bölişi;
Odamning boşi tepaga, pastga yoki yonga qarab turgan bölişi kerak emas;
Boşning balandligi umumiy kadr uzunligining 50% - 69% oraliğida bölişi kerak;
Orqa fon neytral rangda bölişi (oq bölgani maqsadga muvofiq). Töq yoki gulli fonga ega rasmlar qabul qilinmaydi;
Rasm aniq olingan bölişi;
Rasmga tuşuvçi kişi qora közoynak yoki yuzni tösib turuvçi boşqa turli aksessuarlarda bölmasligi;
Agar boşining yuqori qismi örab turadigan kiyimi bölsa va u kişi diniy e'tiqodi bilan boğliq bölsa, uning biror qismi ham yuzni tösib turmasligi;
Rasmga soya tuşib turmagan bölişi şart.
Texnik körsatkiçlari:
Rasm JPEG formati bölişi kerak;
Tasvirning maksimal hajmi 240 kilobayt (240 KB);
Tasvir ölçami: uzunasiga va eniga 600x600 va 1200x1200 piksel oraliğida bölişi lozim;
Rang çuqurligi: 24 bit
8. Poçta manzili
Bu sizning, yaqin kişingiz, qarindoşingiz yoki şunçaki tanişingizning manzili bölişi mumkin. Manzil sifatida istagan davlatingizni belgilaşingiz mumkin.
Uşbu joy lotin alifbosidan foydalangan holda mazkur manzil poçta taşuvçisi tuşunadigan holatda yozilişi kerak.
In Care Of – bu yerga poçta manzilidagi şaxsning ismi va familiyasi yoziladi. Buyergaözingizningismfamiliyangizniyozsangiz hamböladi.
Address Line 1 – uşbu bandda köça nomi, uy va xonadon raqami körsatiladi. Poçta indeksi körsatilmaydi. Ikkinçi (Address Line 2) qator joy yoki köça nomi birinçi qatorga siğmaganda yoziş uçun işlatiladi, agar sizda birinçi qatorga siqqan bölsa, bu qator böş qoldiriladi.
City/Town – yaşaş joyining nomi.
District/Country/Province/State – respublika/ ölka/ viloyat/ okrug nomi. Bu yerdagi respublika sözi davlatdagi respublikaga tegişli emas, bu yerda avtonom respublikalar nazarda tutilmoqda. Agar siz Toşkent şahrida yaşasangiz, bundan oldingi bandda uni körsatgan bölasiz, lekin bu katak böş qolişi mumkin emas, şu bois ikkinçi marta Toşkent deb yozib qöyasiz. Qolgan barça şahar va tumanlar qaysidir bir viloyat tarkibiga kiradi.
District/Country/Province/State – poçta indeksi. Poçta indeksini yozayotganda yangi poçta indekslarini yozişga harakat qiling, buni Google dan qidirib topsangiz böladi. Agar rostdan ham siz yaşaydigan joyning poçta indeksi bölmasa No Postal Code/Zip Code katakçasini belgilab qöyasiz.
Country – röyxatdan davlatingizni belgilaysiz.
9. Aynivaqtdayaşayotgandavlatingiznomi
Röyxatdan ayni vaqtda yaşayotgan davlatingiz nomini belgilaysiz. Fuqarolik yoki tuğilgan davlatingiz bilan adaştirib yubormang. Masalan, siz öqiş bilan Malayziyada yoki iş bilan Rossiyada yaşab turgan bölsangiz öşa davlatlarni körsatasiz.
10. Telefon nomeri
Bu yerga özingizning telefon raqamingizni xalqaro formatda yozasiz. Uşbu bandni töldiriş şart emas, lekin tavsiya qilinadi. Bu yerga uy telefon raqami yoki qöl telefonining raqamini yozsangiz böladi, eng muhimi u doim işlaşi va siz unga javob bera olişingiz kerakligini hisobga oling.
Masalan, sizga AQŞdan qönğiroq qiladigan bölişsa u holda + 998-xx-xxx-xx-xx körinişida yozişingiz lozim.
11. Elektron poçta manzili
Birinçi qatorga elektron poçta manzilingizni yozasiz, ikkinçi qatorga esa uni xuddi özidek qilib qaytadan köçirib yozasiz.
12. Ma'lumot darajasi
Anketa töldiralayotgan vaqtdagi ma'lumot darajasi yozilişi lozim. Bu yerda siz bir oy yoki 6 oydan keyin diplom olişingiz muhim emas. AQŞdagi ta'lim tizimi Özbekistondagidan biroz farq qiladi, şu bois uşbu bandni töldirayotganda e'tiborliroq böliş lozim:
Primary school only – faqat boşlanğiç maktab;
High School, no degree – örta maktab, lekin şahodatnomasi yöq;
High School, degree – örta maktab, şahodatnomaga ega;
Vocational School – kasb-hunar kolleji;
Some University Courses – töliqsiz oliy;
University Degree – oliy ma'lumot;
Some Graduate Level Courses – bir qança magistratura darajasidagi kurslar;
Master’s Degree – magistr darajasi;
Some Doctorate Level Courses – Tugallanmagan aspirantura/doktorantura;
Doctorate Degree – doktorantura.
13. Oilaviy ahvoli
Oilaviy ahvoli degan band ayni vaqtdagi qonuniy oilaviy holatingiz böyiça töldiriladi.
Unmarried – heç qaçon turmuş qurmagan.
Married and my spouse is NOT a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – uylangan/turmuşga çiqqan. Turmuş örtoği AQŞ fuqarosi yoki AQŞda yaşaş huquqiga ega emas.
Married and my spouse IS a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – uylangan/turmuşga çiqqan. Turmuş örtoği AQŞ fuqarosi yoki AQŞda yaşaş huquqiga ega. Uşbu ikki banddan birini siz turmuş örtoğingiz bilan ançadan beri yaşamayotgan bölsangizu, lekin qonuniy nikoh mavjud bölganda ham belgilaysiz, hattoki nikohingiz bekor qiliniş bosqiçidayu, lekin ariza töldirayotgan vaqtingizda nikoh öz kuçida bölsa ham.
Divorced – ajraşgan.
Widowed – turmuş örtoği vafot etgan.
Legally Separated – MDH davlatlarida Legally Separated holatining yuridik asosi mavjud emas, şu bois bu bandni belgilaş suhbat jarayonida arizani rad etişga sabab böladi.
Agar siz şar'iy nikoh bilan yaşayotgan bölsangizu, lekin hali qonuniy nikohdan ötişga ulgurmagan bölsangiz, married bandini tanlay olmaysiz.
14. Farzandlar soni
Bu yerga siz özingizning barça 21 yoşgaça bölgan farzandlaringizni (nikohdagi farzandingiz bölişi şart emas) Qayerda yaşaşidan qat'i nazar körsatasiz. Faqatgina AQŞ fuqarosi yoki u yerda doimiy yaşovçi farzandingiz yozilmaydi. Uşbu bandga farzandlaringiz soni raqam bilan yozasiz, agar farzandingiz bölmasa nol yozasiz.
Uşbu bandda xotiningiz/eringizning avvalgi nikohidagi farzandlarini (21 yoşgaça) ham yozasiz. Xotiningiz/eringizning özi boqib olgan farzandini körsatiş şart emas, uni öşa arizaçining özi körsatadi.
Şundan söng yozganlaringizni bir qator tekşirib çiqing va Continue (Davom etiş) tugmasini bosing.
Agar siz xotiningiz/eringiz va farzandlaringizni körsatgan bölsangiz, arizaning ikkinçi qismi oçiladi. Ikkinçi qismga ularning ma'lumotlarini özingiznikiga öxşatib töldirib çiqasiz. Har kim uçun özining rasmi bölişi şart.
Agar turmuş örtoğingizning özi ham lotoreyada qatnaşişni istasa alohida anketa töldiradi. Ikkinçi qismga esa sizning ma'lumotlaringizni yozadi. Bunday holatda yutiş ehtimoli ortadi.
Barça jarayonlar tugaganidan söng, Continue tugmasi bosiladi. Şundan söng oçilgan sahifa orqali siz anketani bir qator közdan keçirib çiqişingiz lozim, xatoliklar bölsa ortga qaytib töğirlaş mumkin. Uşbu sahifa quyidagiça körinişda böladi:
Şundan söng Submit tugmasini bosasiz, oynada sizning anketani muvaffaqiyatli töldirganingiz haqidagi sahifa paydo böladi. Uşbu sahifada sizning ism şarifingiz, anketa töldirilgan sana, natijani tekşiriş kodi (16 belgidan iborat) böladi. Sahifa yuqorisida Print (Çop etiş) tugmasi orqali çop etişingiz mumkin böladi. Natijani 1 may 2018 yil kunidan boşlab 2019 yil sentabrgaça tekşiriş mumkin böladi.
Yuqoridagi ma'lumotlar asosida özingiz vositaçi yordamisiz bemalol anketani töldira olasiz. Omad yor bulsin!