18:40 / 26.01.2018
18834

Tergov departamentining veb sayti ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining Internet tarmog‘ida veb-sayti tashkil etildi va undan www.tergovdepartamenti.uz domeni orqali foydalanish mumkin. Bu haqda IIV Tergov departamenti matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qildi. 

Foto: Skrinshot

Ushbu veb-sayt Tergov departamenti faoliyati haqida, joylarda Tergov departamentning hududiy bo‘linmalari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida aholini xabardor qilib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etishning sifat jihatidan mutlaqo yangi tartibini o‘rnatish, murojaat etuvchilarni, jabrlanuvchi va boshqa toifadagi shaxslarni, ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalari yuzasidan ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa vositalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida xabardor qilib borish mexanizmini joriy etish maqsadida yaratildi.

Shu bilan birga, veb-sayt fuqarolar tomonidan ekspert-kriminalistika, Axborot markazi va tergov faoliyati bilan bog‘liq ayrim masalalar bo‘yicha ko‘p beriladigan savollar yuzasidan, faoliyatga oid yuborilayotgan savollarga tezkorlik bilan huquqiy javoblar berish, Tergov departamenti va uning quyi tizimlari rahbarlarining qabul kunlari, Tergov departamenti rahbariyatining virtual qabulxonasi kabi funksiyalarni qamrab oladi.

Top