Islom Karimovning tarjimai holida uning uchinchi farzandi haqida ma’lumot berildi

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy saytida Islom Karimovning uchinchi farzandi haqida ma’lumot berilgan.
«...Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bo‘lib, ular bilan muloqot unga katta quvonch keltirardi.
Uning rafiqasi – Tatyana Akbarovna uning haqiqiy do‘sti, yordamchisi, fikrdoshi edi, Islom Abdug‘aniyevich bilan 47 yil baxtli turmush qurib, u bilan hayotning barcha zahmatlarini baham ko‘rdi», deyiladi tarjimai holda.
«Vikipedia» ma’lumotiga ko‘ra, Islom Karimov o‘tgan asrning 60-yillarida birinchi marta uylangan. U birinchi rafiqasi Natalya Petrovna Kuchma bilan turmushidan bir o‘g‘il ko‘rgan. Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Islomovich Karimovdir (1969 yilda tug‘ilgan). Ammo prezidentning rasmiy biografiyasida ushbu nikoh va uning birinchi farzandi nomi keltirilmaydi.

Islom Karimov keyinroq Tatyana Akbarovna Karimovaga uylangan. Bu nikohdan ikki qiz tug‘ilgan - Gulnora Karimova (1972 yilda tug‘ilgan) va Lola Karimova (1978).
Natalya Kuchma 2008 yilda Toshkentda vafot etgan. Pyotr Karimov ayni vaqtda Moskva viloyatida istiqomat qiladi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
Jamiyat | 21:12
-
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan
Jahon | 21:05
-
Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 20:46
-
Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Iqtisodiyot | 20:45
Mavzuga oid

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?

12:25 / 30.01.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

13:34 / 07.10.2024