Iqtisodiyot | 17:17 / 13.12.2016
35427
2 daqiqa o‘qiladi

Senat O‘zbekistonning 2017 yilgi davlat byudjyetini tasdiqladi

O‘zbekiston Oliy Majlis Senati 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda 2017 yilgi davlat byudjyetini tasdiqladi. O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov Oliy Majlisning quyi palatasi tomonidan tasdiqlangan byudjyet loyihasini senatorlarga taqdim etgan.

Byudjyet defitsiti (byudjyet daromadi va xarajatlari orasidagi farq) 2017 yilda YaMMning 1 foizi, ya'ni 2,4 trln so‘mni (750 mln dollar) tashkil etishi kutilmoqda.

2017 yilda byudjyet daromadi YaIMning 19,2 foizini, ya'ni 44,5 trillion so‘mni (14 mlrd dollar), xarajatlar esa YaIMning— 20,2 foizini yoki 46,9 trillion so‘mni (14,7 mlrd dollar) tashkil qiladi.

Azimovning ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston iqtisodiga soliq bosimi kamayadi: 2016 yildagi 20,2 foizdan 18,9 foizgacha.

Shunga qaramasdan, YaIM hajmi o‘sishi kutilmoqda.

Davlat byudjyetini hisoblashda kelasi yil iqtisodiyotda kutilayotgan 7,8 foizga o‘sishi hisobga olingan.

2017 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotning sanoat sohasida – 8 foizlik o‘sish, qishloq xo‘jaligi sohasida – 6,2 foiz, kapital sarmoyalar sohasida – 9,6 foizlik o‘sish kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2016 yilgi davlat byudjyeti ham 1 foiz defitsit bilan hisoblangandi.

Mavzuga oid