Buxoro shahrida turizm zonasi barpo etiladi

Foto: LiveInternet
2017-2019 yillar davrida «Qadimiy Buxoro» turizm zonasini qurish loyihasini amalga oshirish uchun Buxoro shahridagi G‘ijduvon ko‘chasi va «Ko‘hna va boqiy Buxoro» madaniy-ma'rifiy kompleksi oralig‘ida 10,0 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov imzolagan «Qadimiy Buxoro» turizm zonasini qurish« loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorda keltirib o‘tilgan.
Qarorda aytilishicha, «Qadimiy Buxoro» turizm zonasi hududini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasi xalqaro tajribani hisobga olgan holda uch oy muddatda ishlab chiqiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va «NBU Bukhara Invest» MChJga Buxoro viloyati bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida alohida obektlar qurilishi uchun, shu jumladan sarmoyadorlar ishtirokida 100 foizgacha ulushli korxonalar barpo etish huquqi berildi.
Bundan tashqari, har ikki muassasaga ham obektlarni loyihalash va qurishga, shu jumladan xorijiy arxitektorlar, muhandislarni jalb qilishga, shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolar o‘tkazmasdan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan pudrat tashkilotlarini, tovar yetkazib beruvchilarni Prezident huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi bilan majburiy tartibda kelishib olishga ruxsat etildi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Fan-texnika | 12:27
-
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:23
-
Sirskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidan qisman chiqib ketyapti
Jahon | 12:20
-
Xotin-qizlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 11:51
Mavzuga oid

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025