21:10 / 11.10.2017
7071

2018 yilgi MDH sammitiga Tojikiston mezbonlik qiladi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlari kengashining keyingi sammiti 2018 yilning sentabrida Tojikistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev Sochi sammiti doirasida davlat rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilish yakunida ma'lum qildi.

«MDH raisligi keyingi yil Tojikistonda bo‘lishini hisobga olib, ushbu mamlakat prezidenti Emomali Rahmon MDH davlat rahbarlari kengashi sammitini 2018 yilning sentabr oyi oxirida Dushanbeda o‘tkazishni taklif qildi», — deya Lebedevning so‘zlarini keltirgan TASS agentligi.

Ijrochi kotib bu masala hal qilinganini ta'kidlagan.

U shuningdek, 2019 yili esa raislikni qabul qiladigan Turkmaniston 2018 yili MDHga ham rais bo‘lishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

«MDH faoliyatini saqlab qolishga qiziqish borligini shu ko‘rsatmoqdaki, 2020 yili raislik qilish istagi ikki delegatsiya rahbari tomonidan bildirildi, shunisi e'tiborliki, raislik uchun Hamdo‘stlik tarixida ilk marta O‘zbekiston tomonidan taklif kiritildi», — deya qayd etgan Lebedev.

U bunday do‘stona, birodarlarcha muhitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moldova prezidenti Igor Dodon 2020 yili qaysi davlat raislik qilib olishini kelishib olishiga ishonch bildirgan.

Mavzu
Sochi sammiti

Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top