13:49 / 14.02.2018
22218

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari o‘zgardi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Zohid Dusanov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 12 fevraldagi PQ-3525-sonli qaroriga ko‘ra, mazkur agentlikka rahbar etib Aziz Abdullayev tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Nozim Berdiyev, o‘rinbosar etib Alisher Temirov tayinlandi.
 
Aziz Abdullayev shu vaqtgacha “Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUK direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

Top