22:57 / 27.01.2018
35072

Xitoy AQShdan harbiy ustunlikka erishish yo‘lini topdi

Foto: TPG / ZUMAPRESS.com / Globallookpress.com

Xitoyda yangi qurol turlarini yaratish ustidagi ishlar uchun sun'iy ong va kvant texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 120 olim saralab olindi.Shu tariqa Xitoy yaqin orada AQShga nisbatan harbiy ustunlikka erishmoqchi.  

Tanlab olingan mutaxassislarning 95 foizi ilmiy darajalarga egalar va jangovar robotlarni boshqarish sohasi bilan yaxshi tanishlar. Xitoyni qurollar sohasida yetakchi davlatga aylantirishga Xitoy raisi 2017 yil iyulda chorlagan.

Loyihada ishtirok etayotgan olimlarning ta'kidlashicha, Xitoy agar kvant texnologiyalari sohasida taraqqiyotga erisha olsa, Xitoy qurollar ishlab chiqarishda global yetakchilikka erishishi mumkin. Olimlarning fikricha, bu raqibning shifrlash kodlarini bilish, yangi sun'iy yo‘ldoshlar va qurol vositalarini yaratishga imkon beradi.

 

Mavzuga oid
Top