14:54 / 15.12.2016
93085

O‘zbekistonda keng ko‘lamli kadrlar almashuvi: Ramatov hukumatda

O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Rustam Azimov o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. 

Vaziyatdan xabardor manbalar ma'lumot berishicha, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbari Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich endilikda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Ramatov o‘zining kompaniya raisi lavozimini ham saqlab qolgan.

U O‘zbekistonning yangi bosh vaziri Abdulla Aripov jamoasida bo‘ladi.

Joriy haftada Sog‘liqni saqlash vazirligida rahbar kadrlar almashtirilgandi. Bugun esa Moliya vaziri Rustam Azimov o‘z lavozimidan ozod qilingani ma'lum bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida oldinda turgan vazifalar haqida gapira turib, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, bojxona tizimi va boshqa idoralar faoliyatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini aytib o‘tgandi.

Top