"Chegara bilmas shifokorlar" Myanmadan Rakxaynga kiritishni talab qilishmoqda
"Chegara bilmas shifokorlar" (MSF) xalqaro gumanitar tashkiloti Myanma hukumatini hech qanday to‘siq va taqiqlarsiz Rakxayn shtati hududiga kiritishga chaqirdi, maqsad - aholini zarur tibbiy va gumanitar yordam bilan ta'minlash. Tashkilotning RIA "Novosti"ga kelib tushgan matbuot relizida shu haqida ma'lum qilingan.
"Agar shunday qilinmasa, hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lgan bemorlarning o‘lim xavfi juda yuqori", - deydi MSF'ning Myanmadagi operatsion menejyeri Benua de Gris.
"Chegara bilmas shifokorlar" tashkilotida ma'lum qilinishicha, na Bangladeshda yashovchi qochqinlar va na Shimoliy Rakxaynda qolgan aholiga biror bir gumanitar yordam ko‘rsatilmoqda.
"Hududda harakatlanishga ruxsatning yo‘qligi va xalqaro tashkilotlarning mamlakatga kirishi taqiqlab qo‘yilishi natijasida tashkilot faoliyati to‘xtatib qo‘yilgunga qadar MSF Rakxayn shtati shimolidagi Maungdau va Butxidaung aholi punktlarida tibbiy yordam ko‘rsatgan. Biz u yerda qolgan odamlar zarur tibbiy yordamsiz qolishidan xavfsiramoqdamiz... Shimoliy Rakxaynda jarohatlanganlar va bemorlar, shu jumladan surunkali kasallikka chalinganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak, shu bilan birga tezkor tibbiy va gumanitar yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish lozim", - deyiladi matbuot relizida.
Tashkilotda qayd etilishicha, Myanma hukumati Rakxayn shtatida yagona gumanitar yordam ko‘rsatuvchi bo‘lish istagini bayon qilganidan so‘ng chindan ham yordamga muhtoj kishilarga yordam yetib bormasligi borasida havotirlar yuzaga kelmoqda.
Mavzuga oid
13:00 / 19.10.2024
G‘azoga 3 oy ichida birinchi marta havodan gumanitar yordam tashlandi
08:20 / 19.09.2024
Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi
08:30 / 11.09.2024
Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatildi
07:47 / 23.08.2024