Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari örtasida 2018-19 yillarga möljallangan özaro hamkorlik şartnomasi imzolandi. Bu haqda Qozoğiston TIV xodimi Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Joriy yilning 10 noyabr kuni Samarqand şahrida ötkazilgan «Markaziy Osiyo va Yevroittifoq» körinişidagi vazirlar uçraşuvida ana şunday hujjat imzolangan.
Qozoğiston TIV xodimining aytişiça, hujjatda mintaqaviy xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport, energetika, sayyohlik sohalarini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik şartlari belgilab qöyilgan.
Şuningdek, mazkur davlatlar Taşqi işlar vazirlari BMT, ŞHT, MDH, YeXHT taşkiloti doirasida ham özaro hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olgan. Uçraşuvda iştirok etgan Yevroittifoq vakillari Federika Mogerini hamda Neven Mimitsa Bişkek şahrida Qirğiziston rasmiylari bilan ham körişgan.
Öz nutqi davomida, qolaversa jurnalistlar bilan suhbatda Mogerini asosan uç narsa katta urğu berdi: yoşlarni radikal ğoyalardan qaytariş va mintaqada terrorizmni kuçayib ketişiga yöl qöymaslik, Eron hukumatining yadro dasturi, Afğonistonda barqaror tinçlikka erişiş.
Şuningdek, u Qozoğiston, Turkmaniston va Tojikistonning Butunjahon savdo taşkiloti a'zoligiga kirganini e'tirof etib, uşbu yönalişda Özbekiston va Turkmanistonning faolligini köriş umidida ekanini bildirdi.







