Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Neymar jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi
Foto: Bleacher Report
«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya chempionati 27-turi doirasida «Marsel»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan tugagan o‘yinda ikkita golga assistentlik qildi. Lekin u o‘yin oxirida jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi.
Braziliyalik futbolchi raqib yarimhimoyachisi Buna Sarr bilan yakkakurashda oyog‘ini yerga noqulay qo‘yishi oqibatida jarohatlandi.
Natijada uni maydonda zambilda olib chiqib ketishdi. Bu vaqtda u ko‘zidan yoshlarini tiya olmadi. Parijliklar jamoasi barcha almashtirishlardan foydalanib bo‘lgandi va qolgan 10 daqiqalikni 10 kishi bo‘lib o‘tkazishdi.
Endilikda Neymar 6 mart Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalida «Real»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Mavzuga oid
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025