Jamiyat | 16:16 / 10.01.2017
21052
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yigit Peterburg metrosi relsi ustiga quladi

Foto: Wikipedia

10 yanvar, seshanba kuni soat 7:43da Peterburg metrosida baxtsiz hodisa ro‘y berdi. "Aleksandr Nevskiy" metro bekatida turgan yo‘lovchi rels ustiga quladi. Bu haqida metropoliten matbuot xizmatida xabar berildi. 

"Aleksandr Nevskiy" metro bekatida (4-liniya) yosh yigit rels ustiga quladi. Relsdan ko‘tarishayotgan vaqtda u tirik bo‘lgan, keyinroq jarohati og‘ir bo‘lgani sabab hayotdan ko‘z yumgan. Marhum 22 yoshdagi yigit", - deyiladi metropoliten matbuot xabarida. 

Hozirda fojia qanday sabablarga ko‘ra ro‘y bergani o‘rganilmoqda. Biroq shunisi aniqki, yigit rels ustiga atayin sakramagan. 

Metropoliten poyezdlarining shu yo‘nalishdagi harakati 20 daqiqaga to‘xtatib qo‘yilgan. 

Favqulodda holat guvohlari ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar bilan bo‘lishishgan.

"Men relslar ustiga yiqilgan yo‘lovchini bosib ketgan poyezdda ketayotgandim. Poyezd signal ham chalmadi, u qadar keskin to‘xtamadik. Vagonlardan hech kimni tushirishmadi. Jabrlanuvchi men turgan vagon tagida bo‘lgan. Voqea guvohi bo‘lgan kishilar poyezd tagiga qarab, og‘izlarini qo‘llari bilan yopishardi, metro xodimlari yig‘ilishdi. Nihoyat, bizning vagon eshiklari ochildi. Metrodagi odamlar "U qanday qilib bu yerga tushib qoldi?" deyishardi. Poyezdning bir qismi tunnelda qolgandi", - deb yozdi peterburglik Yelena. 

Bloglarda ham shunga o‘xshash xabarlar tarqala boshladi: 

"Hozirgina o‘sha yerdan o‘tdim, jasad metro bekatida paketga solingan..." 

"O‘z ko‘zim bilan ko‘rdim - qonga belangan jasad, 2 shifokor va bekatni ko‘zdan kechirayotgan 2 politsiya xodimi..."

"Jasadni ko‘rdim - qon juda ham ko‘p, marhum rus millatiga mansub emas, yonida yo o‘zbek, yo tojik yugurib-yelib, kimgadir qo‘ng‘iroq qilib yig‘lardi. Aniqlik kiritilgan manbalarga ko‘ra, halok bo‘lgan yigit - O‘zbekiston fuqarosi". 

Mavzuga oid