Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator Agrepina Vasilevna Shin yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim vazirligining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz ga Xalq ta'limi vazirligidagi manbalar ma'lumot berdi.
Shu vaqtgacha Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov esa yangi vazirga o‘rinbosar etib o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, yangi vazirlik Prezidentning 30 sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan tashkil etilgandi.
19 oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Fan-texnika | 12:27
-
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:23
-
Sirskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidan qisman chiqib ketyapti
Jahon | 12:20
-
Xotin-qizlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekiston | 11:51
Mavzuga oid

20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi

09:28 / 24.03.2023
Agrippina Shin Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi

19:20 / 15.12.2022
Agrippina Shin: Tarbiyachilarning maoshini oshirish uchun yiliga 2,5 trln so‘m kerak

18:56 / 15.12.2022