09:49 / 05.02.2018
92833

O‘zbekistonda 4,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

O‘zbekistonda 5 fevral kuni 4,1 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Seysmoprognoztik respublika monitoring markazi mutaxassislari KUN.UZ’ga ma'lum qilishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 6:56da qayd etilgan. Yer silkinishi o‘chog‘i o‘n kilometrlik yer tubida joylashgan bo‘lib, Toshkent shahridan 70 kilometr shimoli-sharqda yuz bergan. Zilzilaning sezilarlilik darajasi bilinmagan.

O‘z navbatida, Qozog‘iston seysmologiya tajribaviy-uslubiy ekspeditsiyasi xabariga ko‘ra, 5 fevral kuni 4,7 magnitudali zilzila yuz bergan. 

Qozog‘iston seysmik stansiyalari tarmog‘i tomonidan mahalliy vaqt bilan soat 7:56da (Toshkent vaqti bilan 6:56) Olmaotadan 576 kilometr masofada, O‘zbekiston hududida zilzila qayd etilgan.

Top