Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Qatarga eksporti uch barobarga oshdi
Foto: ria.ru
Fors ko‘rfazida inqiroz boshlanganidan beri Turkiyaning Qatarga eksporti hajmi uch barobarga oshdi. Bu haqda Turkiya savdo va bojxona vaziri Bulent Tufekchi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Haberler internet-portali.
"So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 5-21 iyun kunlari davomida Qatarga 32,5 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilingan, - dedi u. – Bu ko‘rsatkich odatdagi miqdordan uch barobarga ko‘p". Shu bilan birga, Tufekchining ta'kidlashicha, “eksport tovarlari orasida 12,5 mln. dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari bor”.
Shuningdek, uning qayd etishicha, “amirlikka pomidorlar ham yetkazib berilmoqda”. "Hozirgi paytda bizda pomidorlar eksporti bilan bog‘liq muammo yo‘q. Bizda Iroq, Bolgariya, Ruminiya bozorlari bor. Bozordagi talabga mos tushadigan hajmda mahsulot ishlab chiqarish kerak. Biz pomidorlarni yetkazib berishimiz mumkin bo‘lgan ko‘proq mamlakatlarni topishimiz kerak", - dedi Tufekchi.
Mavzuga oid
18:30 / 16.12.2025
Qozog‘istonda mol go‘shti eksporti cheklandi
12:57 / 15.12.2025
Xitoy O‘zbekistonni ortda qoldirib Qozog‘istonga meva-sabzavot eksport qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi
09:19 / 15.12.2025
Liyepaya va Klaypeda portlari orqali o‘zbek mahsulotlari Yevropaga yetkazilishi mumkin
07:32 / 15.12.2025