11:14 / 07.09.2016
21481

«Fast and Easy» 2-6 oyda IELTS darajasini 4,5 dan 7,5 ballga chiqara oladigan maxsus o‘quv kurslariga qabul e’lon qildi

Bugungi kunda ingliz tilini puxta o‘rganish va unda erkin so‘zlasha olish nafaqat zamon talabi, balki ta’lim, karera va biznesda muvaffaqiyat qozonishning asosi hamdir. Shundan kelib chiqib, ingliz tilini o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatuvchi IELTS sertifikatsiya tizimida yuqoriroq ball olish ayni zaruratdir. 

Toshkent shahridagi «Fast and Easy» o‘quv markazi IELTS darajasini qisqa muddatda yuqori darajaga olib chiqishni istaganlar uchun maxsus kursga qabul ochilganini e’lon qiladi.

Ushbu dastur o‘zining yuqori intensivligi hamda yuqori samaradorligi jihatidan o‘xshashi yo‘q bo‘lib, har bir o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini muntazam kunlik nazorat qilishni nazarda tutadi.

Bu dastur asosida ta’lim olgan «Fast and Easy» o‘quv markazining talabalari IELTS tizimida 7 balldan 8 ballgacha olishning uddasidan chiqishgan. 

Shunday o‘quvchilardan bir nechtasi: Dildora Elamonova 7,5 ball, Shavkatov Ahror 8 ball, Nishanov Ulug‘bek 7,5 ball, Salahuddinov Sherali 7 ball, Aripova Yulduz 7 ball.

Qisqa qilib aytganda, ushbu kursga 4,5 balldan 6 ballgacha IELTS darajasi bilan kelgan talabalarning ko‘rsatkichi 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddat ichida 7 va undan ortiq balli darajaga ko‘tarilishiga o‘quv markazi va’da beradi.

O‘quv kursi haftada 6 kun, ikki soatdan o‘tkaziladi. IELTSning har bir yo‘nalishi uchun esa alohida — jami to‘rtta o‘qituvchi dars o‘tadi. Va ayniqsa, har oyda IELTS bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassislar tomonidan ikki marta o‘tkaziladigan seminarlar, IELTS imtihonlariga yanada puxtaroq va chuqurroq tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘shimcha imkon yaratadi. 

Umumiy o‘rinlar soni chegaralanganligi sababli (10 kishilik 4 ta guruh, jami 40 kishi) tezroq ro‘yxatdan o‘tishingiz tavsiya etiladi. 

Manzil va aloqa:

  • Amir Temur shoh ko‘chasi, 62-uy
  • Mo‘ljal: “Minor” metro bekati
  • Telefon: (+998-90) 998-39-00

Reklama huquqi asosida

Top