Al-Qudsning maqomi mintaqaviy ishtirokchilar tomonidan aniqlanishi kerak, bu qaror avvaldan qabul qilinishi lozim emas, deya ma'lum qildi GFR TIV rahbari Zigmar Gabriel. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Quds Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qildi.

Foto:  RIA Novosti

"Al-Qudsning maqomi mintaqaviy ishtirokchilar tomonidan aniqlanishi kerak. Bu qaror avvaldan qabul qilinishi lozim emas. Bizning pozitsiya o‘zgarishsiz qoladi. Biz “ikki davlat” yechimi tarafdorimiz", - deya aytib o‘tgan vazir. Uning so‘zlarini esa GFR TIV Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida keltirgan.

GFR kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning al-Quds bo‘yicha bayonotini qo‘llab-quvvatlamadi, shaharning maqomi ikki davlat konsepsiyasi doirasida aniqlanishi lozim, deya xabar berdi GFR vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert Twitter’dagi o‘z mikroblogida.

Foto:  RIA Novosti

"Kantsler Merkel Trampning al-Quds bo‘yicha bayonoti haqida: federal hukumat bunday pozitsiyani qo‘llab-quvvatlamaydi, sababi al-Qudsning maqomi ikki davlat yechimi doirasida muhokama etilishi lozim", - deya yozgan Zaybert.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish bo‘yicha qarorini qoralab chiqdi, u xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarining buzilishi bilan qabul qilindi.

Foto:  RIA Novosti

"Ushbu qaror afsuslarga sabab bo‘ladi, u xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarining buzilishidir, Fransiya buni qo‘llab-quvvatlamaydi", - deya aytib o‘tdi Makron Jazoirdagi matbuot anjumanida.

Uning yana bir bor ta'kidlashicha, al-Qudsning maqomi bo‘yicha masala Isroil va Falastin o‘rtasidagi muloqot davomida hal etilishi kerak.

Makron shuningdek barchani, xususan, arab davlatlari yetakchilarini xotirjamlik va vazminlikka chaqirdi. "Men barchani xotirjamlik va mas'uliyatga chaqiraman. Biz zo‘ravonlikdan qochish va muloqotni ta'minlash uchun barcha narsani qilishimiz darkor", - deya aytib o‘tdi Fransiya prezidenti.